SOMANG

A-2 blok 82-kvartira

125,2 м2 – g'ayrioddiy narsalarni yaxshi ko'radiganlar uchun g'ayrioddiy rejali xonadon. Bunday xonadonlarda ajoyib balkon mavjud bo'lib, unda siz hamma narsani - bog'dan tortib to shaxsiy ofisgacha joylashtirishingiz mumkin, bu faqat sizning tasavvuringizga bog’liq. Xonadonlar 4 xonali bo’lib, uning o'ziga xos xususiyati shundaki, yashovchilarni har kuni quvonch va kuch bilan to'ldiradigan uyga tushib turuvchi katta miqdordagi yorug'likdir! Katta maydonli boshqa xonadonlardan farqli o'laroq, bu erda 1 ta hammom mavjud. Bunday xonadonlar faqat 3-kirishda (pod’ezdda) mavjud bo’lib, anhor tarafga qaragan yoki anhor ko’rinishiga ega bo’lmagan xonadonlarni tanlashingiz mumkin. Siz o'z xohishingiz va didingizga ko’ra xonadonning rejasini tuzishni o'ylab ko'rishingiz mumkin. Xonadonlar o’rnatilgan rom (alyumin vitraj va plastic rom) va metalldan yasalgan kirish eshiklariga ega. Har bir xaridorga individual tarzda Janubiy Koreyaning zamonaviy ikki konturli qozoni, isitish radiatorlari va elektron sensorli raqamli qulf (domofon) beriladi.

 

Loading...
uz_UZ